Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 34-turida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Inter” bilan kechgan o‘yinda hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi (1:1).
Gracenote Live’ning xabar berishicha, 34 yoshli futbolchi klublardagi faoliyatida o‘zining yubiley 600-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Portugaliyalik “Sporting” safida 5 ta, “Manchester Yunayted” uchun 118 ta, “Real” tarkibida 450 ta va “Yuventus”da 27 ta gol urdi.
Bundan tashqari, Ronaldu joriy mavsum A Seriyada gollari sonini 20 taga yetkazib oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)