Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Toshkent shahriga olib boruvchi A373 yo‘lidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylariga yangi namunadagi nur qaytaruvchi “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgilari bilan jihozlanib, yo‘l yotiq chiziqlari oq-sariq ranglarga bo‘yalmoqda, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Ushbu yo‘l belgisining chetki qismidagi ajralib turuvchi rang ko‘k rangdagi yo‘l belgilardan farqli ravishda uzoqdan haydovchining e’tiborini tortadi. Natijada haydovchi piyodalarga yo‘l berishiga erishiladi va yo‘l-transport hodisalarining oldi olinadi”, — deyiladi Toshkent viloyati IIB axborotida.
Izoh (0)