Germaniyaning Braunshveyg shahri prokuraturasi Volkswagen konserni sobiq rahbari Martin Vinterkornga nisbatan “dizelgeyt” ishi doirasida ayblov e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Vinterkorn firibgarlik, ishonchni suiste’mol qilish va halol raqobatga oid qonunlarni buzishda gumon qilinmoqda.
Prokuraturaga ko‘ra, u zararli tashlanmalar testlari bilan bog‘liq qing‘irliklar haqida rasmiylar yoki iste’molchilarga xabar bermagan, bu ishlarga chek qo‘ymagan.
Vinterkorn bilan birga konsern rahbariyatining yana 4 nafar a’zosiga ayblov e’lon qilindi.
Izoh (0)