O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining qaroriga muvofiq Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida sud raislari tayinlandi. Bu haqda ZarNews xabar berdi.
O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining 2019-yil 24-apreldagi Qaroriga asosan Aliqulov Bahodir Asrlanovich sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Aliqulov Bahodir Asrlanovich bundan oldin jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining, viloyat sudining sudyasi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining 2019-yil 24-apreldagi Qaroriga asosan Almamatov Temur Kuylibayevich sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Almamatov Temur Kuylibayevich bundan oldin jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining 2019-yil 24-apreldagi Qaroriga asosan Sharipov Shuxrat Abduraxmonovich sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Sharipov Shuxrat Abduraxmonovich bundan oldin jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2019-yil 24-apreldagi Qaroriga asosan Karimov Zafar Zoirovich sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga besh yil muddatga Samarqand tuman ma’muriy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Karimov Zafar Zoirovich bundan oldin Samarqand tuman ma’muriy sudining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)