22—26-aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston — Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida ikki davlat hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston — Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyalash loyihasining yakuniy hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida davlatlararo chegaraning ayrim hududlarida qo‘shma dala tekshiruvlari o‘tkazildi.
Muzokaralarda, shuningdek, mamlakatning Toshkent va Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati o‘rtasidagi chegaraning ayrim hududlarida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha takliflar yuzasidan fikrlar almashildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha ikki davlat mas’ul vakillari ishtirokida bayonnoma imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida, uchrashuvlar jadvaliga binoan, navbatdagi yig‘ilish Qozog‘iston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)