O‘rtachirchiq tumanida mast holatda bir-biriga pichoq bilan jarohat yetkazgan ikki erkak kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqamasi.
25-aprel kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani O‘rtasaroy ko‘chasida yashovchi M.A. va Yuqorichirchiq tumani Surakent qo‘rg‘onida yashovchi N.Tlar O‘rtachirchiq tumani “Mustaqillik” mahallasida, mast holda o‘zaro janjal tufayli bir-birlariga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.
Natijada M.A va N.Tlar kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)