• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Janubiy Koreya orzusi… O‘zbekistonlik Ulug‘bek Nazaraliyev hikoyasi

    Janubiy Koreya o‘zbekistonlik talabalar uchun eng talabgor bo‘lgan davlatlardan biridir. Yildan yilga mamlakatga o‘qishga topshiruvchilar soni tobora oshib borayotgani bois, bu safar nishonimiz Janubiy Koreya bo‘ldi. Qanday qilib o‘qishga kirish, u yerdagi ta’lim tizimi, yashash muhiti va tahsil davomida ishlash haqida hozirda Janubiy Koreyaning Kangvon milliy universitetida doktoranturada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Nazaraliyev “Daryo”ga batafsil gapirib berdi.

    Ulug‘bek Nazaraliyev 26 yoshda. Namangan viloyati Pop tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bakalavr hamda  Sejong universiteti (Janubiy Koreya) Davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirda Kangvon milliy universitetining doktorantura bosqichida tahsil olyapti.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

     Janubiy Koreya orzusi…

    Bolaligimda maktabimizda faxrli o‘quvchilar burchagi tashkil etilgan edi. Unda o‘qishimizni tamomlab, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar haqida ma’lumot berib borilardi. Ularni ko‘rib juda havas qilardim. Kelajakda men ham, albatta, chet elda o‘qiyman deb niyat qilardim. Orzum maqsadga aylanib, 2010-yili Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga o‘qishga kirdim. Ingliz tilini yaxshi bilganim uchun ish topishim qiyin bo‘lmadi. O‘qishdan tashqari Janubiy koreyalik biznesmen Mister Kimning firmasida ishlab yurdim. Muhit ta’sir qildmi bilmayman koreys tilini o‘rganishga qaror qildim. Garchi u paytda AQSh yoki Germaniyada o‘qishni reja qilgan bo‘lsam-da, lekin tilni o‘rganish davomida Janubiy Koreyaga borish istagi paydo bo‘ldi. Surishtirib bildimki, Janubiy Koreyada tahsil olmoqchimanmi unda davlat tilini mukammal bilishim eng asosiysi koreys tili imtihonida kamida 3-darajani egallashim kerak bo‘larkan. Shu bois, o‘z ustimda tinimsiz ishladim. Koreys tilida yozilgan kitoblarni o‘qidim, kurslarga qatnadim. Va nihoyat urinishlarim besamar ketmay, 2014-yil bahor oyida imtihondan muvaffaqqiyatli o‘tdim. Aynan shu yili Toshkentda Xalqaro o‘quv yarmarkasida Janubiy Koreyaning Sejong universitetidan kelgan vakillar bilan bog‘lanib, hujjatlarimni topshirdim. Bir oydan keyin elektron manzilimga “Siz 60 foiz grand asosida Sejong Universitetiga qabul qilindingiz” degan xat keldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Men bilgan Koreya

    Ilk bor kelgan paytimda Koreya men kutganimdan-da ajoyib mamlakat ekanligini his qilgandim. Barcha narsa elektronlashtirilgan. Hamma joyda Wi-Fi zonalar bor. Garchi birinchi kelganingizda hali uyali aloqa vositangiz uchun sim karta olmagan bo‘lsangiz ham internet orqali do‘stlaringiz bilan muloqot qilish imkoniyati mavjud edi. Bundan ochig‘i hayratlangangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Koreyada yer maydonlari kam bo‘lganligi sababli binolar juda baland, uylar juda zich joylashgan. Aholisi 52 million atrofida ekanligi sabab shaxsiy uyiga ega aholi qatlami juda kam. Yer narxi juda qimmat shu bois, odamlar asosan ijaraga yashashadi. Misol uchun, Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida 1 kvadrat metr bo‘sh yer maydoni 90 ming dollar atrofida turadi. Bundan tashqari, mamlakatda kuzatuv kameralari shu darajada ko‘pki, har qachon nazorat ostidaman deyavering.

    Koreyslar vaqtni juda qadrlaydi. Kimdir ishga, kimdir o‘qishga, xullas bu yerda hamma shoshadi. Bo‘sh vaqt deyarli yo‘q. Bir kuningiz bekor o‘tib ketsa, keyin afsuslanib qolasiz.

    Meni eng hayratlantirgani, koreyslarning milliy arog‘i “soju”ni ichish erkagu ayoli uchun oddiy hol hisoblanadi. Juma, shanba, yakshanba kunlari oshxonalarda odamlar to‘lib ketadi.

    Koreyslar bilan suhbatlashib qolsangiz…

    Ular siz haqingizda ko‘p narsalarni bilishni xohlaydi. Qayerdanligingiz, yoshingiz, oilangiz, nima uchun Koreyaga kelganingiz xullas hammasini. Shuning uchun koreys tilini o‘rganishni boshlaganingizda shu mavzularga tayyorlanib olsangiz, koreyslar bilan tez til topishib ketishingiz aniq.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Koreyada o‘qishni istaysizmi?!

    Hech qanday muammo yo‘q. Belgilangan hujjatlari topshirib, suhbat davomida maqsadlaringizni aniq yoritib bersangiz kifoya. Koreys tilini yaxshigina o‘rgangan bo‘lsangiz unda birinchi qiladigan ishingiz — bu Koreya davlatidan o‘qimoqchi bo‘lgan sohangizda o‘qish toping. Har bir universitetni bakalavr, magistratura va doktorantura bo‘yicha yo‘nalishlari bor. Undan tashqari til kurslariga ham topshirish mumkin. Koreya universitetlarning ro‘yxatini  www.topuniversities.com’dan olishingiz yoki har bir universitet rasmiy saytining Admission bo‘limida qabul bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ham o‘qib ham ishlash mumkinmi?

    Albatta mumkin. Shuni bilish kerakki, garchi Koreyada o‘qishga ketadigan mablag‘ katta bo‘lsa-da, buni qoplash juda oson. Sababi, Koreyada ish topish qiyin emas. Asosiy kerak bo‘ladigan narsalar koreys tilini bilish va har qanday ishga mas’uliyat bilan qarashdir. Ishlab topgan pulingizni dastlab o‘qish xarajatlariga ketadigan qismini jamg‘arib qo‘yib, qolganini maqsadlaringizga bemalol ishlataverasiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Koreys millati dangasa, loqayd odamni yoqtirmaydi. Shuning uchun bu yerda faqat yaxshi tomonlaringizni ko‘rsatishga harakat qilishingiz kerak. Bo‘lmasam ishingizdan ayrilib qolishingiz aniq. O‘qishdan tashqari servis sohasida, ishlab chiqarish sohasida bemalol ishlab yurishingiz mumkin. Eng yaxshi tomoni, garchi talabalar haftasiga 20 soat ishlashga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, ishni o‘rganib olganingizdan keyin xohlaganingizcha ishlay olasiz. O‘zim ham o‘qishdan tashqari oshxonada ofitsiant bo‘lib ishlaganman. Kiyim fabrikasida ishlab yurganimda ish ko‘pligi sababli uxlamasdan ishlab chiqqan paytlarim ham bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Janubiy Koreyadagi ta’lim jarayoni

    Koreya universitetlarida bir yilda ikki marta qabul bo‘ladi. Bahorgi semestr uchun qabul kuzda (noyabr) va kuzgi semestr uchun esa bahorda (aprel) bo‘lib o‘tadi. Hujjat qabul qilish o‘rtacha bir oy davom etadi. Talabalar o‘z vaqtlariga qarab belgilangan fanlarni tanlab olishlari mumkin. Bu yerda baholash tizimi kredit tizimi bo‘yicha hisoblanib, siz bitta semestrda yetarli kreditni to‘plashingiz kerak bo‘ladi. To‘play olmasangiz yoki past darajada yakunlasangiz sizga berilgan ma’lum miqdordagi grandni yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. Bu esa keyingi semestrda katta miqdorda kontrakt to‘lashingiz kerak bo‘ladi degani. Shuning uchun bu yerda imtihon paytlari talabalar uxlamasdan tayyorlanib chiqadi.

    O‘zbekistondagiday bu yerda davomat muhim hisoblanmaydi. Imtihon payti topshiriqlarni muvaffaqqiyatli topshirsangiz bo‘ldi—marra sizniki.

    Darslaringiz ingliz tilida bo‘lsa-da, koreys tili darslarini olishingiz majburiy hisoblanadi.

    26.04.2019, 09:53   Izoh (0)   40953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga 1,5 mln rubl undirib berdi

    26.04.2019, 08:12

    Namanganda 400 nafarga yaqin talabaga 1,1 mlrd so‘m shartnoma puli to‘lab berildi

    25.04.2019, 23:16

    Shavkat Mirziyoyevning Xitoydagi uchrashuvlari, Tuyabo‘g‘izda tutilgan bahaybat baliq, Qashqadaryoda vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan fuqaro va kunning boshqa x...

    25.04.2019, 21:22

    Qarshi tumanidagi bolalar bog‘chasida “tuman hokimi topshirig‘i bilan” pilla parvarish qilinmoqda. Tuman hokimi esa pillani bog‘cha binosida boqishga ruxsat bermag...

    25.04.2019, 20:22

    Zominda qor yog‘di (video)

    25.04.2019, 20:22

    Angrenda er-xotin ko‘mir isidan zaharlanib vafot etdi

    25.04.2019, 19:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:04

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.