Moskvadagi “Noviye Cheryomushki” metro bekati yaqinidagi otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda hududdagi huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga tayanib “Gazeta.ru” xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, metro bekatiga kirish oldida o‘qotar qurol bilan yaralangan ikki jasad topilgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir erkak bir insonga o‘q otib, otishma boshlagan va keyin o‘z joniga qasd qilgan”, — deb hududdagi huquqni muhofaza qilish organi vakili ma’lumot berdi.
U tezkor tergov guruhi hodisa sodir bo‘lgan joyda ishlayotganini va voqea tafsilotlarini aniqlashga urinayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)