24-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” klubi o‘z maydonida Simone Inzagi boshqaruvidagi Rimning “Latsio” jamoasini qabul qildi.
Bellashuvdagi yagona gol 58-daqiqada kiritildi. Unga rimliklar yarim himoyachisi Karlos Korrea mualliflik qildi (1:0).
Shu tariqa milanliklar “Juzeppe Meatssa”da bo‘lib o‘tgan bahsda “Latsio”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Eslatib o‘tamiz, “Latsio” finalda “Atalanta”—“Fiorentina” (dastlabki o‘yin — 3:3) uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Italiya Kubogi
1/2 final bahslari
24-aprel, chorshanba
“Milan”—“Latsio” 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 — 58 Korrea“Milan”: Reyna, Kaldara (Kutrone, 65), Romanoli, Kalabriya (Konti, 40), Musakko, Bakayoko, Laksalt, Kastilyexo (Chalxano‘g‘lu, 57), Kessie, Suso, Pyontek
“Latsio”: Strakosha, Luis Felipe, Acherbi, Bashtush, Romulo, Luis Alberto (Badel, 85), Lulich, Korrea (Kaysedo, 75), Milinkovich-Savich (Parolo, 15), Leyva, Immobile
Ogohlantirishlar: Luis Felipe (37), Musakko (70), Kaysedo (78), Bakayoko (79).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)