Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyatdagi 4 ta oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi hisoblangan, fanlarni umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan jami 74 nafar talabaga kontrakt to‘lovining 35 foizi miqdoridagi maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi matbuot kotibi Javohir Abubakirov “Daryo”ga xabar berdi.
Izoh (0)