Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik atlet bir yo‘la uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.
Ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish bahsida 91 kg, siltab ko‘tarishda 113 kg va ikki kurash natijasi ko‘ra 204 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirib, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy
Ayollar -55 kg
- Liao Kyu Yun (Xitoy) — 224 kg
- Xidilyn Diaz (Filippin) — 209 kg
- Muattar Nabiyeva (O‘zbekiston) — 204 kg
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)