Yollanma ishchilarning daromadlari 28,9 foizga oshdi va aholi umumiy daromadlaridagi ulushi 32,4 foizini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar beradi.
2019-yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, aholi umumiy daromadlari 64,9 trln. so‘mni tashkil qildi, bir kishiga o‘rtacha hisoblaganda esa 1,9 mln. so‘mga yetdi.
Yollanma ishchilar daromadlarining eng yuqori nominal o‘sish sur’ati Jizzax (135,3%), Namangan (133,2%) va Samarqand (132,5%) viloyatlarida, eng pasti esa Qashqadaryo (124,7%) va Navoiy (124,5%) viloyatlarida qayd etildi.
Shuningdek, aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 54,9 foizni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning hudud aholi umumiy daromadlaridagi ulushi turlicha: eng yuqori ulush Jizzax viloyatida (63,0%) kuzatilgan bo‘lsa, eng kam ulush esa Qoraqalpog‘istonda (45,3%) qayd etildi.
Izoh (0)