O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Istanbul shahrida “Sulaymoniya” kutubxonasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
O‘tkazilgan muzokaralar natijasida “Sulaymoniya” kutubxonasi bilan Movarounnahr ulamolari ijodiga mansub qo‘lyozmalarning katalogini yaratishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
“Sulaymoniya” kutubxonasi Turkiyaning Istanbul shahrida 1557-yilda qurib bitkazilgan Sulaymoniya majmuasining tarkibiy qismidir.
Dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri sifatida e’tirof etilgan bu dargohda VIII—XIX asrlarga oid 73 mingga yaqin hujjat va qo‘lyozma, 50 mingdan ortiq bosma kitob va boshqa ma’rifiy, ma’naviy, madaniy boyliklar saqlanadi.
Izoh (0)