Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Otabek (ism  o‘zgartirilgan) Xatirchi tumani “Vatanparvar” korxonasida o‘rgatuvchi instruktor lavozimida ishlab keladi va o‘zini fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini yangilab berishga qodir shaxs sifatida ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Shu tariqa bir kuni u Botirga haydovchilik guvohnomasini Navoiy viloyat IIB xodimlari orqali yangilab berishni aytadi va IIBning mansabdor shaxslarni rozi qilish evaziga unga haydovchilik guvohnomasini yangilab berishini aytadi.

Botir esa Otabekning bu talabi jinoyat ekanini tushunib, uning jinoyatiga chek qo‘yish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qiladi.

2019-yilning 9-yanvar kuni Otabek Xatirchi tumanida yashovchi Botirdan 200.000 so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtida IIV O‘XB Navoiy viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Sud tomonidan Otabek JKning 28, 211-moddasi 1-qismi va 168-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, 2 yil 6 oyga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradagi qishlog‘i o‘qqa tutildi. Oqibatda bir ayol halok bo‘ldi (video)
Mahalliy
“Davlat OAV erkinligi, axborot izlash, olish va tarqatish huquqlarini kafolatlaydi” — Konstitutsiyaning 67-moddasiga yangi normalar kiritilmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda avtomobillar ko‘proq qaysi hududlarda ijaraga olinishi ma’lum bo‘ldi