Vladimir Putinning taklifiga binoan, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat kengashi raisi Kim Chen In aprel oyining ikkinchi yarmida Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi, bu haqda TJournal xabar qiladi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 17-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Kim Chen In aprel oyida Vladivostokda uchrashishi kerakligini aytildi. Ikki mamlakat yetakchilari sanksiyalar haqida gaplashishi va hamkorlik masalalarini muhokama etishi ma’lum qilindi.
18-aprel kuni Shimoliy Koreya rahbarining ma’muriyati boshlig‘i Kim Chxan Son Vladivostok shahriga yetib kelgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)