Gaagadagi xalqaro arbitraj Rossiyaga Qrimdagi 16 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi natsionalizatsiya qilingani uchun “Ukrnafta” kompaniyasiga 44,4 million dollar to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Shuningdek, Rossiya 3,5 million dollar miqdoridagi arbitraj xarajatlari va 2014-yil aprelidan beri hisoblab kelinayotgan 5,5 million dollar miqdoridagi foizlarni to‘lab berishi lozim.
“Ukrnafta” o‘z da’vosida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi 1998-yilgi investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish haqidagi kelishuvni tilga olgan.
Izoh (0)