Checheniston va Dog‘iston ikki respublika o‘rtasidagi ma’muriy chegara haqidagi ma’lumotlarni Yagona davlat ko‘chmas mulk reyestriga kiritish bo‘yicha ishlarni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Buning sabablari oshkor etilmagan. Ishlar qachon tiklanishi ham ma’lum emas.
Checheniston va Dog‘iston joriy yil yanvarida umumiy chegaraga aniqlik kiritishga kirishgan, o‘shanda ikki respublika rasmiylari hududiy da’volari yo‘qligini bildirgandi.
Checheniston 2018-yil kuzida Ingushetiya bilan chegara haqida kelishuvni imzolagan va qo‘shimcha hududlarga ega bo‘lgandi. Bu Ingushetiyada ommaviy namoyishlarni keltirib chiqargan.
Izoh (0)