Indoneziyada prezident, ikki palatali parlament a’zolari, shuningdek mahalliy hukumat deputatlariga ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi, deya xabar beradi “TASS”.
Jakartada ta’kidlanganidek, nafaqat davlat rahbari, balki 16 nafar siyosiy partiya vakillari, qariyb 20 mingga yaqin qonun chiqaruvchilar saylangan mazkur saylovlar nafaqat Indoneziya, balki butun dunyo tarixi uchun yirik sanaladi.
Davlatning oliy lavozimiga ikkita nomzod bor: amaldagi prezident Joko Vidodo, shuningdek, zahiradagi general Prabovo Subianto. Konstitutsiyaga asosan, ular bilan birga vitse-prezidentlar ham saylanadi.
Kutilayotganidek, saylov natijalarini obyektiv ravishda ko‘rsatishga imkon beradigan birinchi norasmiy natijalar kun oxiriga qadar paydo bo‘ladi. Markaziy saylov komissiyasi rasmiy ma’lumotni faqat 25-aprel kuni bera boshlaydi. Saylovlar bir bosqichda o‘tkaziladi, g‘alaba qozonish uchun ovozlarning oddiy ko‘pligi talab etiladi.
Izoh (0)