“Toshkent sizni sevadi” loyihasi doirasida har oyning o‘ninchi, yigirmanchi va o‘ttizinchi kunlari “Yoshlik” talabalar shaharchasida Student party o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirning maqsadi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatdagi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif etilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish hisoblanadi.Loyihada talabalar musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlarida o‘z qiziqishlari va iste’dodlarini namoyon etadi.
Izoh (0)