“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni aniqlab oldi.

Foto: Google Images

AS’ning xabar berishicha, fransiyalik mutaxassis kelasi mavsumda “Qirollik klubi” tarkibida ko‘rishni istamayotgan futbolchilari ro‘yxatini klub rahbariyatiga taqdim etdi.

Mazkur ro‘yxatdan yarim himoyachi Garet Beyl, Dani Sebalyos va Markos Lyorente, hamda hujumchi Mariano Dias o‘rin egalladi.

Shu bilan birga  Zidan Braim Dias xizmatidan ham foydalanmoqchi emas. U biror bir klubga ijara asosida berib yuboriladi.

Bundan tashqari himoyachi Marselo hamda yarim himoyachilar Toni Kroos va Iskoning klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. “Real” ushbu futbolchilarga tushadigan transfer takliflarni ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!