Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Agar avtomashina o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4 foiz miqdorida penya to‘lanishi shartnomada belgilangan, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Buxoro tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Vobkent tuman Kulolchi ko‘chasi 65-uyda yashovchi fuqaro Sa’dulla Navro‘zov murojaat qilgan. U o‘z murojaatida “Sitora-avto savdo” MChJ bilan Nexia 3 AV-CS16 rusumli avtomashina sotib olish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirib, shartnoma tuzgan. Shartnomaga asosan, 2019-yil 1-yanvarga qadar avtomashina fuqaroga yetkazib berilishi belgilangan bo‘lgan. Agar o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4 foiz miqdorida penya to‘lanishi shartnomada belgilab qo‘yilgan. Ammo iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatda avtomashina berilmagan.

Murojaat viloyat jamiyatlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, natijasida fuqaroga Nexia 3 AV-CS16 avtomoshinasi olib berildi, shuningdek, iste’molchining arizasiga binoan, kechiktirilgan muddat bo‘yicha penya hisoblanib, korxona tomonidan fuqaroga o‘n million to‘qqiz yuz o‘n ming to‘rt yuz o‘n sakkiz so‘m penya to‘landi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi