16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvida “Ayaks” “Yuventus” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi (dastlabki o‘yin — 1:1).
MisterChip’ning ta’kidlashicha, Turin klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 9 yil ichida ilk marta mazkur musobaqaning yarim finalida o‘ynamaydi.
So‘nggi bor portugaliyalik futbolchi 2009/10-yilgi mavsumda “Real” tarkibida Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Lion”ga mag‘lub bo‘lib, yarim final tugul, chorak finalga ham chiqa olmagan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)