Toshkent shahar hokimligi Qutqaruv xizmati boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga joriy yilning 15-aprel kuni Chilonzor tumanidan fuqaro Gulobova A. tomonidan xonadon eshigi qulflanib, xonadon ichida yosh bola qamalib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, asbob-uskunalar yordamida xonadon eshigini ochib bergan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruv xizmati boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga, Toshkent shahar aholisi va mehmonlari tomonidan 2019-yilning 1-aprel kunidan 15-aprel kuniga qadar jami 2702 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan.
Shulardan 50 tasiga boshqarmaning Qidiruv-qutqaruv guruhlari tomonidan joyiga chiqqan holda zaruriy yordamlar ko‘rsatildi. Qolgan murojaatlar turiga qarab ma’sul boshqarma va xizmatlarga yetkazilib, ularning o‘z vaqtida ijro etilishi nazoratga olindi.
Izoh (0)