Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 14-aprel kuni soat 17:20 lar atrofida Guliston mahallasida yashovchi 11 yoshli 4-sinf o‘quvchisi S.N. uyi hovlisida o‘choqqa yelim idishda bo‘lgan gaz kondensatini sepgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumot beradi.
Natijada S.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
IIV fuqarolardan yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanayotganda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni, shu bilan birga yoqilg‘i mahsulotlaridan yosh bolalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rab qoldi.
Izoh (0)