Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni xorijiy kompaniya foydasiga undirib berdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limida sud qaroriga ko‘ra, qarzdor “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJdan undiruvchi Janubiy Koreya Respublikasining Hanwoo Global CO.LTD kompaniyasi foydasiga 5 246 000 so‘m va 554 613 AQSh dollari (so‘mga nisbatan konvertatsiya qilinganda 4 439 615 516 so‘m) undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJdan Hanwoo Global CO.LTD kompaniyasi foydasiga jami 4 832 429 000 so‘m undirilgan.
Izoh (0)