Gollandiyalik strit-art ustalari Dif Fid va Yan Is De Man Utrext shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosi egasiga murojaat qilib, uyning bir tomonini so‘ragan. Kelishuvga erishgach, rassomlar uni haqiqiy san’at asariga aylantirgan. Bu haqda Travel Ask xabar berdi.
Ular binoga katta kitob javonining suratini chizgan. Bu yanada noodatiy va qadrli bo‘lishi uchun ular mahalliy aholidan sevimli kitoblarining nomini so‘ragan. Keyin fasadni bo‘yash vaqtida shu ma’lumotlardan foydalangan.
Izoh (0)