O‘zbekistonda Boeing 737 MAX samolyotlari parvozi va qo‘nishiga taqiq yana bir oyga uzaytirildi
O‘zbekistonda Boeing 737 MAX samolyotlari parvozi va qo‘nishiga taqiq yana bir oyga uzaytirildi. Bu haqda Toshkent aeroporti vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
“Mamlakat aeroportlarida Boeing 737 MAX 8 va 737 MAX 9 laynerlarini boshqarishga taqiq 2019-yil 14-maygacha uzaytirildi. Bunga Transport vazirligi huzuridagi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi qarori asos bo‘ldi”, — deya ta’kidlagan mutasaddi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dastlab ushbu rusumdagi havo kemalari parvozi va qo‘nishi 13-mart kuni bir oy muddatga man etilgandi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar