12-aprel kuni tushdan so‘ng chamasi soat 15:00 da, ismi oshkor qilinmayotgan shaxs Oq Uy yonida o‘zini yoqib yuborgan, deya xabar beradi “ForumDaily”.
AQSh maxfiy xizmatiga ko‘ra, u kishi hibsga olingan va hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar bilan mahalliy kasalxonaga yotqizilgan.
“Qo‘shma Shtatlar maxfiy xizmatlari bo‘limi xodimlari (USSS) bir necha soniya ichida o‘tni o‘chirgan va birinchi yordam ko‘rsatishni boshlagan”, — deyiladi bayonotda.
Hodisadan so‘ng Pensilvaniya-avenyuda avtomobil va piyodalar harakati to‘xtatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)