11-aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan “Bavariya”ning mashg‘ulotlari vaqtida futbolchilar o‘rtasida mojaro yuzaga keldi, deb xabar berdi Bild.
Jamoa hujumchisi Robert Levandovski hamda xavbek Kingsli Koman o‘zaro gap talashib ketdi, keyinchalik esa bu holat janjal bilan yakunlandi.
Niklas Zyule va Jerom Boateng ularni ajrata boshladi.
Shunga qaramay klub bosh murabbiyi Niko Kovach futbolchilarni kiyinish xonasiga jo‘natib yubormadi va ular jamoa bilan mashg‘ulotlarni davom ettirdi. Bu qolgan o‘yinchilarni hayratga soldi.
Myunxen klubi ushbu holat yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)