11-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida “Benfika” yarim himoyachisi Joau Feliks “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda het-trikka erishdi va bitta golli uzatma berdi (4:2).
19 yosh 153 kunlik portugaliyalik musobaqaning 12 yillik tarixida het-trikka erishgan eng yosh futbolchi bo‘ldi, deb xabar berdi Goal.
Eslatib o‘tamiz, 2007-yilning oktabr oyida UEFA Kubogida (keyinchalik musobaqa Yevropa Ligasiga aylantirildi) “Atletiko” hujumchisi Serxio Aguero “Kayseri Erjiyesspor” darvozasiga 3 ta gol urgandi (5:0).
Bundan tashqari Feliks 27 yil ichida ushbu musobaqa doirasida het-trikka erishgan “Benfika”ning ilk futbolchisi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 1992-yil sentabr oyida “Benfika” sobiq futbolchisi Antonio Pasheku UEFA Kubogida Sloveniyaning “Izola” klubiga qarshi bahsda 3 ta golga mualliflik qilgandi (5:0).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)