Joriy yilning 8—13-aprel kunlari Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan “Xotin-qizlar sport haftaligi” davomida ommaviy sport va piyoda yurish bo‘yicha marafon o‘tkazilmoqda, deya xabar beradi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Sport salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur marafonda barcha yoshdagi xotin-qizlar, ayniqsa faol bo‘lmagan qizlar, uy bekalari va katta yoshdagi ayollar ishtirok etmoqda.
Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan O‘zbekiston Velosiped sporti Federatsiyasi va Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qizlar o‘rtasida “Velosport marafoni”o‘tkazildi. Unda viloyatning barcha shahar-tumanlaridan 18 dan 50 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir g‘oliblari viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qo‘mita barcha ayollarni sport haftaligida faol ishtirok etishga chaqiradi.
Izoh (0)