Toshkentlik 41 yoshli politsiya polkovnigi Aleksandr Kudryashov Zelenograd okrugi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.
Kudryashev 1999-yili O‘zbekiston Ichki ishlar akademiyasini, 2013-yilda esa Rossiya Ichki ishlar akademiyasini bitirgan.
O‘z faoliyatini O‘zbekiston Ichki ishlar organlarida boshlagan bo’lib, 1999-yilda poytaxtning Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limining tezkor qidiruv xizmatiga ishga kirgan.
Rossiyaga ko‘chib kelgach, 2003—2005-yillar davomida Podmoskovyening “Temiryo‘lchilar” shahri Ichki ishlar bo‘limida ishlagan. 2010-yilga qadar bir necha marta lavozimlari ko‘tarilgan.
2013-yilga qadar Veshnyak tumani, 2017-yilda esa Novogiriyeevo tumani IIB bo‘limi rahbari lavozimini egallagan.
2018—2019-yillar davomida Aleksandr Kudryashov Moskva Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)