11-aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumani hokimiyati binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida fuqarolar qabuli tashkil etildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Unda Sergeli tumanida qurilgan imtiyozli uylarning narxi va sifati yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi. Bosh vazir tomonidan tegishli mutasaddi rahbarlarga narxlarni maksimal darajada kamaytirish hamda xonadonlar sifati bo‘yicha to‘liq qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bir oy muddatdan so‘ng Respublika komissiyasi xulosasi asosida qayta ko‘rib chiqilgan xonadon narxlari bo‘yicha ochiq va oshkora hisobot tayyorlanishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 10-aprel kuni ham aholi va mutasaddilar uchrashuvi tashkil etilgandi.
Izoh (0)