Navoiy shahridagi markaziy buyum bozori hududidan “Yong‘in o‘chirish alohida posti” binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB xabar bermoqda.
Qurilish uchun 1 milliard 600 ming so‘m mablag‘ sarflangan. Bino arxitekturasi zamonaviy uslubda bo‘lib, zarur aloqa vositalari va kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan.
— Yong‘in o‘chirish alohida postining aynan bozor oldida qurilgani biz tadbirkorlar uchun ham xotirjamlik beradi, — deydi tadbirkor Shavkat Zokirov. — Chunki bozorda biror texnik nosozlik sabab bir yong‘in chiqsa juda katta yo‘qotish yuz beradi. Yong‘in xavfsizligi posbonlarining yonimizda joylashgani bunday noxushliklardan yiroq bo‘lishimiz kafolatidir.
Izoh (0)