• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Milliy gvardiya samarqandlik fuqaroning stadioni olib qo‘yilayotgani haqidagi gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi (video)

    Internetdagi ayrim ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.Ibodullayevni Samarqand shahridagi kollej hududida qurgan “Mini stadioni” Milliy gvardiya tomonidan olib qo‘yilayotganligini iddao qilinishi kuzatilmoqda. Milliy gvardiya ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonotni “Daryo”ga taqdim etdi.

    Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

    Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

    “Nahotki, ular haqiqiy holatni bilmay turib, davlat idoralarini qoralashlari javobgarlikni keltirib chiqarishni bilishmasa?”, deb boshlanadi bayonot. Quyida bayonot to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro 2013- yilning o‘rtalarida Samarqand shahridagi kollej rahbariyatiga murojaat etib, kollej hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 1785,0 kvadrat metr bo‘lgan ochiq stadionni ijaraga olishga va ushbu stadion o‘rniga yopiq “Mini stadion” qurilishiga ruxsat berishini so‘ragan.

    Kollej rahbariyati ham A.Ibodullayevning taklifini qo‘llab-quvvatlab, ushbu taklif yuzasidan viloyat O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga iltimosnoma kiritib, ijarachi tomonidan qurilishga sarflanadigan xarajatlarni uch tomonlama ijara shartnomasi asosida, ijara haqi hisobidan qoplanishini ma’lum qilgan.

    Samarqand viloyati O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan, ushbu taklif yuzasidan “Mini stadion”da kollej o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida mini futbol turi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishini inobatga olib, masalaga e’tiroz bildirmagan, ya’ni qo‘llab-quvvatlagan.

    Samarqand shahar hokimining 2015-yil 28-dekabr kunidagi qaroriga ko‘ra, Samarqand shahar N.Yoqubov ko‘chasi2-manzilda joylashgan – “Samarqand oziq-ovqat kasb-hunar kolleji”ga o‘z hududida joylashgan 1785,0 kvadrat metr yer maydonidagi ochiq futbol maydonchasi o‘rniga, “Yopiq mini futbol maydonchasi” qurishga ruxsat berilgan.

    Shu o‘rinda, bir masalaga e’tibor qaratish kerakki, ushbu stadion qurilishi yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirilganidan so‘ng, “Davlat mulkini ijaraga berish markazi”, kollej rahbariyati va tadbirkor o‘rtasida uch tomonlama ijara shartnomasi tuzilgan. Mazkur ijara shartnomasini amal qilish muddati 2017-yilning 31-dekabr kuniga qadar belgilab qo‘yilgan.

    Ammo, fuqaro A.Ibodullayev 2018-yilning 1-yanvar kunidan ushbu uch tomonlama shartnomani qayta tuzmasdan faoliyat yuritib kelgan.

    Hukumat qarori asosida, 2018-yilning oktyabr oyidan mazkur kollej hududi Milliy gvardiya ixtiyoriga o‘tkazilgan. Shu davr oralig‘ida ushbu fuqaro hech qanday ijara shartnomasisiz, soliq to‘lovlarini amalga oshirmay, qonunga zid ravishda faoliyat yuritib kelgan (bu masalaga tegishli davlat idoralari tomonidan huquqiy baho berilishi talab qilinadi).

    Kollej hududi davlat ehtiyojlari uchun Milliy gvardiyaga o‘tkazilganidan so‘ng, fuqaro A.Ibodullayev avval ushbu mini stadionda tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishni, keyinchalik esa, mini stadion o‘rniga harbiy qism ehtiyojlari uchun boshqa bino qurilishini bilgach, mini stadion uchun sarflagan harajatlarini Milliy gvardiya hisobidan yoki viloyat hokimligi, shuningdek, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim boshqarmasi tomonidan qoplab berishni so‘ragan.

    Fuqaro A.Ibodullayevning ushbu masalada Milliy gvardiya qo‘mondoni nomiga qilgan murojaati yuzasidan, unga “Mini stadion”ni qurilishiga sarflangan mablag‘larni undirish bilan bog‘liq yuzaga kelgan nizo bo‘yicha Milliy gvardiyaning dahli yo‘qligini, ushbu masalada tegishli idoralarga murojaat qilishi kerakligi bir necha bor tushuntirilgan.

    Fuqaro A.Ibodullayev Milliy gvardiyani nizoli masalaga aloqasi yo‘qligini ongli ravishda bilgan holda, Milliy gvardiyaga kelib, sarflangan harajatlarini viloyat hokimligidan undirib berishni iltimos qilgan.

    Fuqaro A.Ibodullayev o‘tgan davr mobaynida viloyat hokimligi tomonidan unga tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishi uchun ajratilgan yer maydoniga ko‘chib o‘tmasdan, masalani qonuniy xal qilish o‘rniga, ushbu masalada Milliy gvardiya sud idoralariga da’vo kiritganidan so‘ng, go‘yoki u tomonidan qurilgan “Mini stadion” Milliy gvardiya tomonidan olib qo‘yilayotgani bo‘yicha turli davlat idoralariga murojaat qila boshlagan.

    Vaholanki, o‘tgan davr mobaynida fuqaro A.Ibodullayev bilan ushbu masalada bir necha bor yuzma-yuz uchrashilib, amaldagi qonun hujjatlariga asosan harakat qilishi tushuntirilgan, shuningdek, u tomonidan yozilgan barcha murojaatlarga rasman javob berilgan.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 2018-yilda o‘z faoliyatini tugatgan Samarqand shahar, N.Yoqubov ko‘chasi 2-manzilda joylashgan – “Samarqand oziq-ovqat kasb-hunar kolleji”da Hukumat tomonidan Milliy gvardiya uchun kapital qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Kollej hududidagi “Mini stadion” harbiy qism uchun kerak emasligi, ushbu stadion o‘rniga tasdiqlangan rejaga ko‘ra, boshqa obyekt qurilishi nazarda tutilgan.

    Ammo, stadion ko‘chirib ketilmaganligi o‘rniga qurilishi lozim bo‘lgan obyektni belgilangan muddatda qurilishiga to‘sqinlik qilmoqda.“Hurmatli fuqarolar, har qanday muammoli masalalar yoki Sizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa 71 236-50-74 va 71 236-50-72 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi millat manfaatlarini himoya qiladigan davlat tashkilotidir. Milliy gvardiya o‘z obro‘siga va sha’niga dog‘ tushishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — deyiladi bayonotda.

    10.04.2019, 10:26   Izoh (0)   27292
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FVV: Buxorodagi toshqinlarda fuqarolar jarohat olishi va binolar qulashi kuzatilmadi

    10.04.2019, 10:21

    Toshkentning uchta tumanida suv bir kunga o‘chiriladi

    10.04.2019, 10:00

    O‘zbekistonning yaqin do‘sti Shirin Akiner 76 yoshida olamdan o‘tdi

    10.04.2019, 09:21

    O‘zbekistonda yilning birinchi choragida banklardagi aholi omonatlari hajmi 8 foizga oshdi

    10.04.2019, 09:10

    Samarqandda o‘g‘rilik qilgan bir guruh ayollar qo‘lga olindi

    10.04.2019, 08:33

    2018-yilda Rossiyaga ko‘chib o‘tish dasturi 8 ming nafar o‘zbekistonlikni qamrab oldi

    09.04.2019, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolaga zarar yetkazmasin: maktab sumkasini qanday tanlash kerak?

    Maslahatlar | 11 avgust, 19:55

    Qoraqalpog‘istonda fuqaro harakatdagi mashina ustida raqsga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 19:40

    Tramp Obama va Bushlarning portretlarini Oq uyning yopiq qismiga ko‘chirdi

    Dunyo | 11 avgust, 19:28

    O‘zbekistondagi barcha korxona va tashkilotlar soni maʼlum qilindi

    Iqtisodiyot | 11 avgust, 19:15

    Rodrigo “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin — Romano

    Sport | 11 avgust, 19:09

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 11 avgust, 18:00

    Angliyada shifokorlar 14 yoshli qizning oshqozonidan “qovun hajmidagi” soch to‘plamini olib tashladi

    Dunyo | 11 avgust, 19:00

    Koreyalik olimlar qarish kasallik ekanini aniqladi va uni sekinlashtirish mumkinligini aytmoqda

    Salomatlik | 11 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.