AQSh prezidenti Donald Tramp ichki xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Kirsten Nilsen iste’foga chiqqanidan so‘ng immigratsiya siyosati sohasida yangi qat’iy choralar amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deya yozadi “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Oq Uydagi maslahatchilaridan immigratsiya qonunlarini mustahkamlashda “ochiq” ishtirok etishni talab qilgan. Ta’kidlanishicha, prezident AQShning janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan oilalar sonining pasaytirmoqchi.
Avvalroq Tramp ma’muriyati immigratsiya idoralarini yopganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)