Hindiston Liviyadagi tinchlikparvar kuchlarning barchasini Tripolidagi mojaroning kuchayib borayotgani sababli evakuatsiya qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Liviya poytaxtida Hindiston politsiyasining 15 nafar harbiysi qolayotgan edi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Twitter’ida ma’lum qilgan. “Liviyadagi vaziyat keskin yomonlashdi”, — deb yozadi vazir.
Qo‘shma Shtatlar kuni kecha xavfsizlik maqsadida Liviyadagi kontingentinining joyini almashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-aprel kuni Marshall Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya Milliy armiyasi Tripoli shahriga hujum qilgan. Xaftar armiyasi Tripoli janubi-g‘arbiy qismida bir nechta hududlarni egallab olgan.
Izoh (0)