Norvegiyada ikkita tadqiqot raketasining ishga tushirilganidan so‘ng osmonda g‘alati holat kuzatildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ularning ishga tushirilishi yerdagi ionosferani o‘rganish bo‘yicha AZURE tadqiqot loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Mazkur operatsiya osmonda ajoyib yorug‘lik effektlari bilan kuzatilgan. Zaryadlangan va zaryadsiz zarrachalarning oqimini kuzatib borish uchun ishlatilgan aralashma osmondagi turli xil rangdagi bulutlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Mahalliy aholi ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan yorug‘lik namoyishidan juda hayajonda. Ular hatto samoda begona jism paydo bo‘lganidan shubhalana boshlagan.
“Osmonda g‘alati chiroqlar va rangli bulutlarni ko‘rganimda, nima sodir bo‘layotganini tushunmadim, bu begona jismning hujumiga o‘xshardi”, — deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri va video muallifi.
Izoh (0)