O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, “Mfond” jamoat xayriya fondi va bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikda AQShda kitob yig‘ish aksiyasi boshlandi. Bu haqda aksiya tashabbuskori Nur Parpiyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekistondagi o‘quvchilarga kitob yuborish maqsadida AQShda yashayotgan vatandoshlar uylarida, ish joylarida qo‘yingki ishlatilmayotgan kitoblari bo‘lsa bizga yuborishlarini iltimos qilamiz”, – deb yozgan Nur Parpiyev Facebook’dagi sahifasida.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda yig‘ilgan kitoblarni Uzbekistan Airways orqali bepul O‘zbekistonga yetkazish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Izoh (0)