PSJ hujumchisi Erik Maksim Shupo-Moting 7-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Fransiya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan “Strasburg”ga qarshi o‘yindagi qo‘pol xatosi haqida gapirdi.

Foto: Google Images

“Avvaliga Nkunku menga pas beryapti deb o‘yladim. Lekin u zarba bergan ekan. Balki himoyachi to‘pni qaytarar degan o‘y ham hayolimdan o‘tdi.

Keyin to‘pga tegaymi yoki tegmaymi deya ikkilandim. O‘zimga o‘zim: “Balki, o‘yindan tashqari holatdadirman” dedim. Hammasi juda tez bo‘ldi. To‘pga tegindim, ammo u darvoza to‘siniga tegdi.

Sharmandali holat bo‘ldi, to‘pga tegmasam ham, u darvozaga kirishi mumkin edi.

Buning uchun uzr so‘rayman, lekin biz boshni baland ko‘targan holda mana shunday ruhda olg‘a borishimiz kerak”, — deydi Shupo-Moting Canal+’ga berganintervyusida.

Quyida futbolchining antiqa “qahramonligini” ko‘rish mumkin:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!