7-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Unda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi Surxondaryoning “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 10 va 15-daqiqalarida surxondaryoliklar yarim himoyachisi Shavkat Salomov dublga erishgan bo‘lsa, 33-daqiqaga kelib Sherzod Hakimov hisobni yiriklashtirdi (3:0). Shu tariqa “Surxon” safarda “So‘g‘diyona”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
3-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Superliga
3-tur bahsi
7-aprel, yakshanba
“So‘g‘diyona”—“Surxon” 0:3
Gollar: 0:1 — 10 Shavkat Salomov, 0:2 — 15 Shavkat Salomov, 0:3 — 33 Sherzod Hakimov“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Oripov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov, Siroj Meliyev, Durbek Kamolov, Nikola Milinkovich (Davron Umirov, 65 ), Shahboz Jo‘rabekov, Shohruz Norxonov (Izzat Abdullayev, 54), Doston Toshmatov
“Surxon”: Asilbek Omonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Vladimir Bubanya, Darko Stanoyevich, Shavkat Salomov (Ravshan Xursanov, 84), Sherzod Karimov (Sarvar Soliyev, 90), Abror Ismoilov, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliyev, Sherzod Hakimov
Ogohlantirishlar: Shohruz Norxonov (50), Nikola Milinkovich (62), Kaxi Maxaradze (76), A’zam Aliyev (78), Elyor Oripov (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)