7-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida navbatdagi bellashuv yakunlandi.
Unda so‘nggi turda “Metallurg”ga taslim bo‘lgan (0:2) Baxtiyor Ashurmatov boshliq “Buxoro” klubi o‘z maydonida “Qizilqum” bilan o‘ynadi.
O‘yinning 5-daqiqasidayoq Navoiy klubi hujumchisi Medina Smit hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqaga kelib buxoroliklar yarim himoyachisi Doston Ibragimov hisobni tenglashtirdi (1:1). Shu tariqa uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Superliga
3-tur bahsi
7-aprel, yakshanba
“Buxoro”—“Qizilqum” 1:1
Gollar: 0:1 — 5 Medina Smit, 1:1 — 27 Doston Ibragimov“Buxoro”: Davronov, Isroilov, Jumayev, Nagayev, Quttiboyev, Sobirjonov, Hasanov, Ismoilov, Bahriddinov (Asadov, 63), Kulesha, Ibragimov (Ubaydullayev, 75)
“Qizilqum”: Cheremesin, Boydullayev, Sanoyev (Olimov, 46), Qambarov, Mustafoyev, Boymatov, Qosimov, Ubaydullayev, Jo‘rayev, Grigalashvili, Medina Smit
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)