Germaniyada Paderborn shahri yaqinida 35 kishini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Ularning ko‘pchiligi maktab o‘quvchilari, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Voqea 2-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da sodir bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, avtobus 10 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan edi. U yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan.
Natijada 30 kishi turli xil tan jarohati olgan. 2 nafar og‘ir yaralangan yo‘lovchi vertolyot yordamida kasalxonaga olib ketilgan.
Haydovchiga zarar yetmagan. Huquqni muhofaza qilish xodimlari tahlil uchun undan qon olgan. Qon tarkibida giyohvand modda bor yoki yo‘qligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)