“Toshshahartransxizmat” AJ muntazam ravishda barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakati, ularga bo‘lgan talab hamda yo‘lovchilar oqimini monitoring qilish natijasida 2-apreldan MAN va SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslarni harakati tig‘iz yo‘nalishlarga biriktirildi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Xususan, “Qo‘yliq-1 va Yunusobod-9” mavzelari oralig‘ida qatnovchi 93- avtobus yo‘nalishida amalda harakatlanayotgan transportlarga yana 5 ta MAN rusumli yangi avtobuslar biriktirildi. Bu bilan ushbu yo‘nalishdagi jamoat transportining 80 foizi yangilandi va oraliq masofa harakat jadvaliga mos bo‘lishiga erishildi.
Bundan tashqari “Yunusobod-19 mavze va Toshkent Xalqaro aeroporti” oralig‘ida qatnovchi 67-yo‘nalishdagi eski Isuzu rusumli avtobuslari o‘rniga o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar biriktirildi.
Shahar transport xizmati sifatini yanada yaxshilash yo‘nalishidagi ishlar davom etmoqda.
Izoh (0)