2019-yil 1-aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jizzax shahri Zargarlik mahallasida joylashgan “Versal” to‘yxonasi oldida fuqaro M.M. tomonidan kalitlari o‘zida, eshiklari ochiq holda qoldirilgan Nexia rusumli avtomashinasini olib qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIB Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.Rashidov tumani Paxtaobod qishlog‘i Taraqqiyot mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan G‘.E. mast holda sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Jizzax shahar Bobur mahallasi I.Jamolov ko‘chasida haydab ketayotganida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)