O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etadi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 31-mart holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, Yunusobod dehqon bozori (barchasi Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatilgan. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shti 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozorida hamda Urganch shahar (Xorazm) markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000 – 40 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etilgan. Bu yerda qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozorida va Andijondagi markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 1 kilogramm qo‘y go‘shti 38 000 – 42 000 so‘mga.
Tovuq go‘shti
12 000 so‘mdan – 21 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 12 000 so‘mdan 16 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 18 000 – 21 000 so‘m.
Guruch
4 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 9 000 so‘m.
Eng qimmat narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 500 – 15 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8 300 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i Andijon shahridagi Yangi shahar bozorida kuzatilgan. Bu yerda o‘simlik yog‘ini 8 300 so‘mdan – 9 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx poytaxtdagi “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 so‘mgacha.
Un
1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning Qo‘yliq dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 1 750 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un uchun narx 1 500 so‘mdan.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Qo‘yliq dehqon bozorida va Urganch shahridagi Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 4 300 – 5 200 so‘m.
1 kilogramm shakar uchun respublikadagi eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, Termiz shahri Markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 5 000 – 5 500 so‘m.
Tuxum
300 so‘mdan – 650 so‘mgacha
Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 300 — 650 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Kartoshka
1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida qayd etilgan – 1 000 so‘mdan – 2 300 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 1 200 – 3 000 so‘mgacha.
Pomidor
5 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozorida kuzatilgan – 5 000 so‘mdan - 15 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Xorazmda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 15 000 – 17 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1 500 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangan shahri Markaziy dehqon bozori, Surxondaryo Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon bozori”da va Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan. Ushbu bozorlarda xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etilgan – 1 500 – 3 500 so‘mgacha.
Izoh (0)