31-mart, yakshanba kuni “Liverpul” himoyachisi Endryu Robertson Angliya chempionatining 32-turida “Tottenhem”ga qarshi o‘yinda bitta golli uzatma berdi (2:1).
Shotlandiyalik futbolchi Roberto Firminoning 16-daqiqada kiritgan goliga assistentlik qildi. Bu Robertson uchun joriy mavsum Angliya premyer ligasidagi 9-golli uzatmasi bo‘ldi.
Mazkur natija musobaqada himoyachilar orasidagi eng yaxshi natijalardan biri hisoblanadi. Bundan avval 1994/1995-yilgi mavsumda Endi Xinchkliff va 2010/11-yilgi mavsumda esa Leyton Beyns (ikkalasi ham “Everton” sobiq himoyachilari) ham 11 tadan golli uzatma bergandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)