Belgiya kompaniyalari O‘zbekistonda shokolad sanoatini rivojlantirishga yordam beradi, deya xabar beradi “Spot”.
Gap Belcolade va Prefamac kompaniyalari haqida ketmoqda, ular shokolad mahsulotlarini mahalliylashtirish bilan mamlakat bozoriga kirishga tayyor.
Ayni damda Belkolade bilan kompaniyaning mutaxassislari Namangan viloyatiga shokolad mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish masalalarini o‘rganish hamda bu borada trening o‘tkazish haqida kelishilgan.
Prefamac bilan O‘zbekiston korxonalarining individual buyurtmalari uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, texnikalarni ishga tushirishga yordam berish va jihozlarni to‘rt yil muddat saqlashga kafolat berish to‘g‘risida kelishib olingan.
Izoh (0)