Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Dunyoni lol qoldirgan o‘zbegim do‘ppilari” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Karmana tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmada mamlakatning turli hududlariga mansub bo‘lgan do‘ppilar namoyish etilgan.
Shuningdek, azaliy an’analar mujassam bo‘lgan milliy libos va taomlar tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola qilingan.
Boy tarixiy merosni asrash, yoshlarni o‘tmish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi mazkur tadbir xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otgan.
Izoh (0)