Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan fuqarolarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga xabar berdi.
Mazkur uchrashuvda muqaddam jinoyat sodir etib qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, ijtimoiy foydali mehnat qilishni boshlagan fuqarolarga imkoniyat berilayotgani aytib o‘tildi.
Uchrashuvda qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yaqin qarindoshlari uyiga kirib, olib borilgan targ‘ibotlar natijasida 14 nafar qidiruvda yurgan shaxslarning qaytarilganligi aytib o‘tildi. Shuningdek mazkur uchrashuvda qidiruvda bo‘lib, o‘zlari ixtiyoriy qaytib kelgan M.Egamberdiyev va Sh.Axmedovlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Bundan tashqari, uchrashuvda qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yaqin qarindoshlarining muammolari va takliflari tinglanib, ularga amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.
Izoh (0)